RAVENOL texnologik ko‘magida ralli-kross bo‘yicha jahon chempionatida kichik, «oilaaviy» Bergen Motorsport Evolution jamoasi safida ishtirok etayotgan norvegiyalik sportchi Andreas Bakkerud (Andreas Bakkerud) ajoyib mavsumni o‘tkazdi va mavsum boshida kutish qiyin bo‘lgan yuqori natijaga erishdi.

Bakkerud RAVENOL moyi quyilgan o‘zining Ford Fiesta avtomobilida ushbu mavsumda birdaniga ikkita bosqichda – Vengriya va Irlandiyada g‘alaba qozondi hamda Fransiyadagi beshinchi bosqichda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, hatto sakkiz karra jahon chempioni Yohan Kristoffersonni (Johan Kristoffersson) ortda qoldirib, chempionatning mutloq hisobida peshqadamlikka erishdi!

Bakkerud Portugaliyadagi qo‘shaloq finalga maksimal darajada qulay pozitsiyada kelgan edi, ammo Lusadada birdaniga hamma narsa chappasiga ketdi. Muammolar mashg‘ulotlarda yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishga xalaqit bergan bir juft shina teshilishidan boshlandi, so‘ngra chorak finalda yana bir shina teshildi – va shu tariqa jadvaldagi butun vaziyat Bakkerud uchun ostin-ustun bo‘lib ketdi.
Omadsizlik ikkinchi kuni ham davom etdi, u nafaqat Kristoffersonga, balki Yuha Riktonenga (Juha Rytkönen) ham yutqazib, yakunda uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

Ushbu yaqqol umidsizlikka qaramay, 34 yoshli poygachi oila a’zolari va do‘stlaridan iborat bo‘lgan uning kichik jamoasi butun mavsum davomida Kristofferson kabi titan bilan tengma-teng kurashganidan mamnun.
Bakkerud, shuningdek, ushbu kuchli mavsum tufayli chempionlik unvoni uchun kurashishga real imkoniyat borligini ko‘rganini ta’kidladi.
“Ayni damda ko‘nglimda biroz o‘kinch bor”, — dedi Bakkerud. — “Yohan Kristoffersonni ortda qoldirib, chempionatda peshqadamlik qilish ajoyib edi. Ammo, afsuski, keyin noto‘g‘ri ketishi mumkin bo‘lgan barcha narsa chappasiga ketdi! Omadsizlik tufayli kurasha olmaganlikni qabul qilish qiyin, chunki barchamiz buning uchun juda ko‘p narsani qurbon qilamiz — nafaqat men, balki butun jamoa, jumladan bazada tinmay mehnat qilayotganlar ham.

Shunga qaramay, men erishgan natijalarimiz va butun mavsum davomida ko‘rsatgan darajamiz bilan faxrlanaman. Biz bunday pozitsiyani egallash uchun kecha-yu kunduz tinmay mehnat qildik, astoydil kurashdik va har qanday raqib bilan bellasha olishimizni isbotladik”.
Andreas Bakkerudning Ford Fiesta avtomobiliga RAVENOL RRS 5W-50 motor moyi quyilgan, uzatmalar qutisida esa RAVENOL Racing Gearoil ishlatiladi.


